Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAM SHUKUHI DAVOM ETMOQDA (FOTO)

×

 2020-12-30 13:57:13    236

PDF yuklash
Chop etish


BOLA QUVONCHI OLAMNI BEZAYDI

Mana, sinovli va mashaqqatli yil ham yakuniga yetib bormoqda. O’tib borayotgan yilimizda koronavirus pandemiyasi insoniyatni jiddiy xavotirga soldi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo’yicha Respublika maxsus komissiyasi bayonoti e'lon qilindi. Unga ko’ra, ochiq osmon ostida archalar o’rnatish tavsiya etildi.

Qo’shtepa tumanida ham Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida ochiq osmon ostida bayramona yangi yil archasi o’rnatildi.

Bugun, Yangi yil bayrami arafasida bolajonlarga quvonchu shodliklar ulashish maqsadida  tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ushbu maydonga tashrif buyurdilar.

Tadbirda tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli barcha umuta'lim maktablarida tahsil olayotgan kam ta'minlangan oilalarning farzanlari va ularning o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Darhaqiqat mehr, e'tibor, g’amxo’rlik ezgu va qutlug’ tushunchalar. Bolalarga, kelajak egalariga ko’rsatilayotgan e'tibor esa, ularning kamoli-yu istiqbolida beqiyos ahamiyatga ega. Binobarin, bola quvonchi olamni bezaydi.

Tuman hokimi I.Novikov bolajonlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, har bir o’g’il-qiz Prezidentimiz va hukumatimiz e'tiborida ekanligi, ularning kelajagi uchun qayg’urish, doimo g’amxo’r bo’lish asosiy mezon hisoblanishini ta'kidladi.

Bayram tabrigidan so’ng tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida kam ta'minlangan oilalarning 500 nafar bolajonlariga bayram sovg’alari ulashildi.

Ushbu e'tibor bayramga ko’tarinki ruh bag’ishlab bolajonlar qalbiga olam-olam quvonch olib kirdi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan teatrlashgan tomosha bolajonlarga zavq-shavq ulashdi. Ular qorbobo va qorqiz hamda ertak qahramonlari bilan birga raqsga tushib, maroqli dam oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.