Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 176 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BAYRAMLIK HADYALARI ULASHILDI

×

 2020-12-29 11:17:49    161

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Qo’shtepa tumanida aholining kam ta'minlangan, yordamga muhtoj, ehtiyojmand qatlami, bemorlar va nogironligi bo’lgan shaxslarni moddiy-qo’llab quvvatlash, ulardan hol so’rash maqsadida xayriya tadbirlari  amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha tumanimizdagi maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari tomonidan huddi shunday xayriya tadbiri o’tkazildi. Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri I.Maxmudova rahbarligidagi tadbir ishtirokchilari tumanimizdagi  33 ta kam ta'minlangan oilalarda bo’lib, ularning xolidan xabar olishdi.

Yangi yil arafasida ushbu oilalardagi bolajonlarga qorbobo va qorqiz tomonidan qiziqarli badiiy kitoblar, o’yinchoqlar, shirinliklar hamda 7 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Ushbu oilalardagi bolajonlar bayram arafasida davlatimiz rahbarining g’amxo’rliklarini yana bir bor xis qildilar.

Albatta ushbu yo’qlovni amalga oshirishda tumanimizdagi va ushbu tizimda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ham xissasi katta bo’ldi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.