Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 296 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLAJONLARGA BAYRAM SOVG’ALARI ULASHILDI

×

 2020-12-23 16:23:44    149

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayramini har yili bolajonlar intiqlik bilan kutadilar. Darhaqiqat, bu bayram bolajonlarga katta quvonch ulashadi. Axir bu kunda ular bolalik atalmish ertakning bosh qahramoni - Qorbobo bilan uchrashadi-da!

Aynan ana shunday ertakmonand bayram kunlari arafasida Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tuman IIB boshlig’i S.Abdullayev va "FERGANA GLOBAL TEXTILE" MCHJ rahbari M.Razzoqovlar bilan hamkorlikda tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 34 va 24-umumta'lim maktablarining filialida bo’ldilar.

Tuman hokimi eng avvalo maktablarda o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Undan so’ng ushbu maktablardagi bolajonlarga yangi yil bayrami munosabati bilan sovg’alar ulashildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.