Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BARCHAGA BIRDEK MANZUR BO’LDI

×

 2020-12-23 15:37:57    163

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Bolalar-o’smirlar sport maktabida ayollar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbir tuman hokimligi, tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi, tuman mudofa ishlari bo’limi, Bolalar-o’smirlar sport maktabi va Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism hamkorligida o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kungi PF-6099-sonli “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbirni tuman hokimi I.Novikov kirish so’zi bilan ochdi. Hokim o’z nutqida mamlakatimizda xotin-qizlarga juda katta e'tibor berilayotganligi, ularning huquq va manfaatlari doimo davlatimiz tomonidan himoya qilib kelinayotganligi xususida gapirib o’tdi. Bugungi tadbir ham aynan ayollarning ko’ngilli dam olishlari uchun tashkil etilganligini ta'kidladi.

Tadbirda so’z olgan Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qism rahbari mayor A.Ikromov va 31628 harbiy qism rahbari mayor U.Yakubovlar so’z olib, tashriflaridan ko’zlangan asosiy maqsad, yoshlarni milliy g’oya, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirishdan ibort ekanligiga to’xtalib o’tdilar.

BO’SM direktori vazifasini bajaruvchi R.Nurmatova ham o’z so’zida bugungi tadbirning mazmun va mohiyati haqida gapirdi.

Ushbu tadbirda Qorajiyda mahallasi hududida yashovchi 30 yoshdan yuqori ayollar, maktab o’quvchilari va uyushmagan aholi ishtirok etdi.

Tadbir davomida kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Ayniqsa, Sharqiy harbiy okrug harbiy orkestri jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar hamda harbiy qismda yigitlik burchini o’tayotgan askarlarning qo’l jangi elementlari namoyishi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Mahalladagi xotin-qizlar ishtirokida voleybol, tennis, shaxmat-shashka sport musobaqalari tashkil etildi. Bir so’z bilan aytganda ushbu tadbir barchaga birdek manzur bo’ldi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.