Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 279 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-12-23 09:05:11    163

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish, ma'naviyatini yuksaltirish, ular ongida yot g’oyalarga qarshi imunitet hosil qilish, turli hil oqimlarga kirib qolishlarini oldini olish, bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Qo’shtepa tumanida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.

Qo’shtepa tumani XTBga qarashli 23-umumiy o’rta ta'lim maktabida yoshlarni turli hil oqimlarga kirib qolishlarini oldini olish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o’quvchi-yoshlarning ma'naviyatini yanada yuksaltirish, o’qishga va ilm olishga bo’lgan  qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida  targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tumani bo’linmasi rahbari N.Otabekov, tuman “Axborot kutubxona markazi” axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari O.Esonaliyev, maktab jamoasi va o’quvchilar ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir ochiq muloqot tarzida olib borildi va o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.