Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2020-12-19 16:20:48    130

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumanida “2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashni yangicha tizimini joriy etish” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Bu galgi tadbir tuman Madaniyat bo’limi hamda madaniyat markazlari tomonidan kuni kecha tumandagi 5,2,34,22-umumta'lim maktablarida o’tkazildi. Tadbir yoshlarni musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish hamda ular bilan ochiq muloqotni yo’lga qo’yib, mahorat darslarini o’tkazish maqsadida tashkil etildi.

        Tuman Madaniyat bo’limi hamda madaniyat markazlari xodimlari hamda to’garak rahbarlari X.Xoldorov, U.O’ktamov, M.Qosimov, A.Sheraliyev, Z.Qosimov, A.Normatov, D.Raximov, R.Uzaqov, M.O’rmonov, D.Saidmurodov, S.Azimov, G.Yusupova, D.Sotvoldiyevlar tomonidan umumta'lim maktablarida uchrashuv, konsert va to’garak mashg’ulotlari tashkil etildi. Madaniyat xodimlari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

         O’tkazilgan tadbirlarda maktab o’qituvchilari va iste'dodli o’quvchi yoshlar ishtirok etishib, ular tomonidan ham kuy, qo’shiq, raqslar ijro etildi.    

“Kabutar” folklor etnografik xalq jamoasi badiy rahbari A.Turg’unov madaniy me'roslarimizni asrash, avaylash va targ’ib qilish maqsadida Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan Qoratepa tepaligida to’garak a'zolari va maktab o’quvchilari ishtirokida targ’ibot ishlarini olib bordi. A.Turg’unov yoshlarga madaniy me'rosimizni qanday saqlashimiz va asrab-avaylashimiz haqida gapirib o’tdi. Ushbu tadbir davomida yoshlar ham o’zlarini qiziqtirgan  savollarga javob oldilar.  

A.Ahmadjonov,

Madaniyat markazi to’garaklar faoliyaini tashkil etish mutaxassisi.