Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
DEPUTAT BILAN UCHRASHUV
2020-12-18 17:25:29 215
Qo’shtepa tumanidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputat Sh.Raximov ishtirokidagi uchrashuv bugun Qiyqi mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov, tuman Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limining mas'ullari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tuman kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari hamda mahalla vakillari ishtirok etishdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Raximov tadbir ishtirokchilariga ayni kunlarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida gapirib berdi.
Ochiq muloqot tarzida o’tgan tadbir davomida fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollar hamda mahalla hududidagi mavjud muammolar bilan deputatga murojaat etdilar. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli korxona, tashkilot va muassasalar hamda deputatlar tomonidan nazoratga olindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.