Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-12-18 17:02:25    129

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot o’tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda hal etish maqsadida, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida navbatdagi sayyor qabulini o’tkazdi. Qabulda 11 nafar fuqarolar o’zlarining murojaatlari bilan ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli tashkilot va korxona rahbarlariga tuman hokimi tomonidan topshiriqlar berildi.

Shuningdek, I.Novikov Shomirza mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayotgan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi. Bu yerda foliyat yuritish istagini bildirgan tadbirkorlik sub'yektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga ro’yxatga olish yuzasidan o’tkazilgan xatlov ishlari tuman hokimi va mas'ul rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi.

Tuman hokimi 5-umumta'lim maktabida va 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida hamda 18-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’lib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Tuman rahbari tomonidan ushbu ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumini betalofat o’tkazish yuzasidan mas'ul tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda zamonaviy tomchilatib sug’orish tizimini yo’lga qo’yish maqsadida fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida seminar o’tkazildi. Seminarda tuman hokimi tomonidan 2021 yil hosili uchun rejalashtirilgan maydonlarda tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tuman hokimligida byudjed tashkilot va korxona xodimlari hamda mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokida soliq tushumlarini ko’paytirish va mahalliy byudjet daromadlarini oshirish yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishda soliqdan bo’lgan qarzdorlikni qisqartirish hamda belgilangan rejani bajarilishini ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hokimi 2021 yil hosili uchun boshoqli don ekilgan maydonlarda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar va ekin maydonlari melorativ holatini yaxshilash maqsadida pol olish hamda sho’r yuvish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman hokimi “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib,  olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Qishloq xo’jaligi texnikalarini ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.