Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KECHIRIMLILIK, BAG’RIKENGLIK XALQIMIZGA XOS FAZILAT

×

 2020-12-18 15:58:10    221

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Qo’shtepa tuman sudi tomonidan 2020 yil 17 dekabr kuni o’kazilgan ochiq sud majlisida tuman IIO Probatsiya guruhining nazorati ostida jazo o’tayotgan

11 nafar mahkumlarning jazosini muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish haqidagi taqdinomalari ko’rib chiqildi.

Yangi yil bayrami arafasida axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosini o’tayotgan 11 nafar mahkumlar jazoni o’tash davrida belgilangan tartib-qoidalarga to’liq rioya qilishganligi va tuzalish yo’liga o’tib, qilmishlaridan chin ko’ngildan pushaymonligi sababli, insonparvarlik prinsiplari asosida O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan tartibda jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.

Sud majlisida sud raisi Avazjon Ergashev jazodan ozod qilingan mahkumlarga kelgusidagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushuncha berib o’tdi.

Darhaqiqat, kechirimlilik, bag’rikenglik xalqimizga xos fazilat. Davlatimiz tomonidan yo’ldan adashganlarga imkon berilib, jinoyat sodir etgan shaxslarga sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfliligini tushunib yetishiga, tuzalish yo’liga o’tib, jamiyatga nafi tegadigan inson bo’lib qaytishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.