Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YOSHLAR ONGIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI KUCHAYTIRISH ZARUR
2020-12-17 21:58:14 222
Barchamizga ma'lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Agar kasallikka chalinsa, uni davolaydilar. To’g’ri ba'zida kasallikning asoratlari qoladi, lekin vaqt o’tishi bilan bu asoratlar ham ketadi. Zero, xalqimizda bir naql bor: «Tig’ yarasi bitadi, ammo dil yarasi bitmaydi». Biz hozirdan yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun ta'bir joiz bo’lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur.
Bugun tumanimizdagi 2-umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lib o’tgan tadbir ham aynan yoshlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga bag’ishlandi. “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida o’tkazilgan targ’ibot-tashviqot tadbirida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi, Katta boltako’l mahalla fuqarolar yig’ini, 2-umumiy o’rta ta'lim maktabi rahbari va o’qituvchilari hamda yuqori sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida yoshlarga ushbu illatning salbiy jixatlari va zararli oqibatlarini kengroq tushuntirishda ijobiy ta'sir qilishning barcha vosita va uslublarini qo’llash kerakligi, fikrlarni hayotiy misollar orqali yetkazilishi haqida so’z yuritildi.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad tumanimizda ma'naviy mutihni sog’lomlashtirish, yoshlarimizning ongu tafakkurida “Ommaviy madaniyat”ga, turli yot g’oyalarga, milliy ma'naviyatimizga zid keluvchi salbiy xolatga qarshi immunitet hosil qilish va ularda faqat ezgulikka, Vatanni sevishga qaratilgan targ’ibotlar orqali ma'naviy yetuklikni yanada rivojlantirishdir.
N.Otabekov,
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari.