Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

×

 2020-12-16 10:59:37    302

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida huquq tartibot va diniy idora rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari hamda yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi marifat” mavzusida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda sektor rahbarlari, DXXB Marg’ilon shahar bo’limi rahbari o’rinbosari O.Farmonov va katta tezkor xodim A.Kurbanbayev, Marg’ilon shahar bosh imom-xatibi A.Olimov, tuman hokimining yoshlar va mahalla bo’yicha o’rinbosarlari, tuman IIB TEQKG xodimi A.Qosimov, mahalla fuqarolar yig’inlarining mas'ullari, tumandagi barcha imom-xatiblar va otinoyilar hamda boshqa mas'ul idora rahbarlari, uyushmagan yoshlar, Sohibkor mahallasining faollari ishtirok etdilar. Shuningdek, Toshloq tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi K.Kavlonova, Toshloq tumani IIB xodimi B.Eminovlar ham qatnashdilar.         

Yig’ilishning kun tartibiga “Yoshlarni yot g’oyalar ta'siridan himoya qilish, ularni sog’lom e'tiqod va diniy bag’rikenglik ruhida tarbiyalash, ularda buzg’unchi g’oyalarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish” masalasi qo’yildi.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, ishtirokchilarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.

Tuman hokimi o’z so’zida yoshlarni turli radikal, ekstremistik va terroristik tashkilotlar ta'siriga tushib qolishining oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlarda bo’shliqlar mavjudligini, yot g’oyalar ta'siriga tushib qolayotgan yoshlar orasida tumanimiz fuqarolari borligini ham aytib o’tdi.

Xususan, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini, Isfaramsoy ko’chasi, 238-uyda yashovchi Javoxir Abduxalimov 2018 yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasi Kabardino Balkariya Avtonom Respublikasining Nalchik shahriga ishlab pul topish maqsadida ketganligi, Rossiya davlatiga borgandan so’ng, ishdan bo’sh vaqtlarida internet  ijtimoiy tarmoqlariga kirib, u yerda dastlab Qur'on va suralarni eshitishni boshlagani, keyinchalik esa dinga mutaassiblarcha berilgan holda "Jihodchilar" diniy ekstremistik oqim yetakchilaridan bo’lgan "Abdulloh Zufar", "Sodiq Samarqandiy", "Abdulloh domla" hamda halqaro terroristik tashkilot yetakchilaridan hisoblangan "Abu Saloh", "Toxir Yo’ldosh"larning diniy aqidaparastlik mazmundagi ma'ruza va videomurojaatlarini muntazam ravishda eshitib, ularning g’oyalarini qo’llab-quvvatlab kelganligi, 2020 yilning aprel oyi o’rtalarida J.Abduxalimov Toshloq tumanida yashovchi, 2001 yilda tug’ilgan, hozirda Farg’ona shahar Qirguli mavzesida oyoq kiyimlarni ishlab chiqaradigan xususiy korxonada ishlovchi Mullajonova Zinnurabonu Shukurillo qizi bilan tanishib, unga ham diniy da'vatlar qilib, O’zbekistonda diniy erkinlik yuqligini, "Hijrat", "Jihod" qilish maqsadida Suriya davlatiga chiqib ketishni niyat qilishganda, DXX Marg’ilon shahar bo’limi va Toshloq tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan faol tadbir davomida ularning Suriya davlatiga chiqib ketishining oldi olinganligini ta'kidlab o’tdi.

Shundan so’ng, yig’ilish ishtirokchilarga “Jaholatga qarshi - ma'rifat” nomli videofilm  namoyish etildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Marg’ilon shahar bosh imom-xatibi A.Olimov so’z olib, "Jihod", "Hijrat", "Shahid" so’zlari diniy ekstremistik oqim va xalqaro terroristik tashkilotlari tomonidan noto’g’ri talqin qilinayotganligi, Islom dini tinchlikka asoslanganligini aytib o’tdi. Shuningdek, Xalifalik nima ekanligi, qancha muddat davom etganligi to’g’risida ham batafsil tushunchalar berdi.

Yig’ilishda DXX Marg’ilon shahar bo’limi boshlig’i o’rinbosari O.Farmonov so’z olib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga diniy tus berilishi, soxta g’oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilinishi va aholi orasida nosog’lom aqida singdirilishini oldini olish, milliy va diniy qadriyatlarga hurmatni yanada oshirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasiga jiddiy e'tibor qaratish hamda jamiyatda “Jaholatga qarshi - ma'rifat” degan ulug’vor g’oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini hamda diniy bag’rikenglik ruhini keng targ’ib qilish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi va qonun ustuvorligini tumanda, hususan, har bir mahallada ta'minlash bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Shundan so’ng, Javoxir Abduxalimovning otasi Abdulxamid No’monovga so’z berildi. U o’z so’zida diniy ekstremistik oqim yetakchilarining yot g’oyalari ta'siriga tushib qolgan o’g’lini Suriya davlatiga chiqib ketishini oldini olgan hamda noqonuniy xati-harakatlarini kechirgan Prezidentimizdan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlaridan minnatdorligini bildirdi.

Yig’ilishda Toshloq tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi K.Kavlonova ham so’zga chiqib, Toshloq tumanida yashovchi Mullajonova Zinnurabonu Shukurillo qizi nazoratsiz qolib ketganligini, kelgusida xotin-qizlar bilan yakka va umumprofilaktik tadbirlar o’tkazish, ayollar ichida “Islomlashuv” jarayonlari chuqurlashuvining oldini olishga qaratilgan targ’ibot tadbirlarini kuchaytirishini hamda Z.Mullajonovaga hududidan murabbiylar biriktirilishini aytib o’tdi.

Tuman hokimi I.Novikov mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan adashganlarni yo’ldan qaytarish, ularni jamiyatga moslashishi uchun zaruriy choralar ko’rilayotganligi, xususan yot g’oyalar ta'siriga tushib, notinch davlatlarga chiqib ketgan fuqarolarni  “Mehr” dasturi orqali o’z vataniga qaytarilayotganligini aytib, o’zini o’zi boshqarish organlarining masalaga tegishli davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligi yetarli darajada yo’lga qo’yilmaganligi, amalga oshirilgan ishlar lozim darajada muvofiqlashtirilmaganligi oqibatida ushbu turdagi salbiy holat sodir etilganini ta'kidlab, bu borada barchaga o’zining tegishli topshiriq va ko’rsatmalarini berdi.

Yig’ilish yakunida sektor rahbarlariga J.Abduxalimov va Z.Mullajonovalarga yashash manzilida murabbiylar biriktirish vazifasi topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.