Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMANI KENGASHINING 28-SESSIYASIDA:
2020-12-10 17:12:13 215
TUMAN HOKIMINING “AHOLIGA MUROJAATI” O’QIB ESHITTIRILDI
Joriy yilning 10 dekabrida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo’lib o’tdi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, sessiyaga aloqador tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, tumanimiz faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov hamda Farg’ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri R.Xoliqnazarovlar ham qatnashdilar.
Sessiya ishini “28-Shahartepa” saylov okrugidan deputat Shavkatjon Sharapov olib bordi.
Tuman Kengashi deputatlari orasidan Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov, “5-Qizilariq” saylov okrugidan deputat X.Parpiyeva, “4-Qumtepa” saylov okrugidan deputat A.Abdumalikovlar prezidium a'zoligiga saylandilar.
Deputatlar “27-Loyson” saylov okrugidan deputat A.Qodirovni sessiya kotibligiga sayladilar.
Sessiya ishida Qo’shtepa tumani hokimi Novikov Ilyos Valeriyevichning tuman Kengashi oldida 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari bo’yicha hisoboti, shuningdek, kelgusi yilgi rejalariga bag’ishlangan “Aholiga murojaati” o’qib eshittirilishi rejalashtirilgan edi.
Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov sessiya ishida so’z olib, 2020 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalarga hamda amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining turmush darajasini oshirish, hayotini yaxshilash borasida erishilgan yutuqlarga alohida to’xtalib o’tdi.
Tuman hokimining murojaatidan kelib chiqib, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari A.Nabiyev, Sh.Sharopov, A.Ahmadjonov, A.Abdumalikovlar o’zlarining savol yoki takliflarini bildirdilar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan Farg’ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo’jalik masalalari bo’yicha o’rinbosari kotibiyati mudiri R.Xoliqnazarov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi I.Sultanov hamda “Oydin” gazetasi muharriri X.Karimovalar ham o’zlarining fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan masalalar to’liq ko’rib chiqildi va ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.