Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SIZ DOIMO E'TIBORDASIZ

×

 2020-12-03 22:02:53    213

PDF yuklash
Chop etish


Xalqimizga xos insoniylik, saxovatpeshalik va bag’rikenglik 3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qo’shtepa  tumani bo’ylab uyushtirilgan tadbirlarda o’z aksini topdi.

Ushbu sana munosabati bilan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov va O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Qo’shtepa tuman Kengashi raisi D.Xoliqovlar Mumtoz mahalla fuqarolar yig’inidagi 17-umumiy o’rta ta'lim maktabining 9-B sinf o’quvchisi R.Anvarxonova, Ko’prik boshi mahalla fuqarolar yig’inidagi 18-umumiy o’rta ta'lim maktab o’quvchisi H.Xomidov hamda Fayz mahalla fuqarolar yig’inidagi 19-umumiy o’rta ta'lim maktabining 3-sinf o’quvchisi R.Isaqovalarning xonadonlarida bo’ldilar.

Uyda ta'lim olayotgan o’quvchi yoshlarimiz bilan uchrashib, ularga esdalik sovg’alarini topshirdilar. O’quvchilar va ularning ota-onalari farzandlariga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Muhtaram yurtboshimizga va ularni yo’qlab kelayotgan muruvvatli insonlarga o’z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.