Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BILAN ISHLASHDA YANGICHA TIZIM

×

 2020-12-03 19:28:55    186

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan” PQ-4884 Qarorida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi belgilab berildi. Ushbu Qaror va Farmoyishlar ijrosini ta'minlash maqsadida joylarda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Aynan shu maqsadda bugun 49-umumiy o’rta ta'lim maktabida 2-sektor rahbari, tuman prokuror M.Shomurodovning tashabbusi bilan “Qo’shtepa tumanida 2020-2021 yillar davomida yoshlar bilan ishlashini yangicha tizimini joriy etish” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda sektor rahbarlari, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov, xalq ta'limi bo’limi mudiri O.Dehqonov, tuman Kengashi deputati A.Nabiyev, tuman ma'naviyat bo’limi boshlig’i N.Otabekov, Sharqiy xarbiy okrug xarbiy xizmatchilari, Eshonguzar mahalla fuqarolar yig’ini raisi D.Isaqov hamda 49-umumiy o’rta ta'lim maktabining rahbar va o’qituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga hamda tumanimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va ularga berilayotgan imkoniyatlarga to’xtalib o’tdi.

Shuningdek, Sharqiy xarbiy okrug mayori A.Ikromov yoshlarni xarbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash haqida ma'ruza qildi.

Sharqiy xarbiy okrug xarbiy xizmatchilari va xarbiy orkestrining chiqishlari, ular tomonidan tashkillangan xarbiy texnikalar va qurollar ko’rgazmasi yoshlarda katta taassurot qoldirdi. 

Tuman hokimi I.Novikov va tuman prokurori M.Shomurodovlar fan olimpiadasida faxrli o’rinlarni olgan va bilim samaradorligi yuqori bo’lgan maktab o’quvchilariga faxriy yorliq va esdalik sovg’alarini topshirdilar.

Tadbirda 5 ta muhim tashabbus bo’yicha ko’rinishlar tashkil etildi. Tuman madaniyat bo’limi xodimlari o’zlarining kuy va qo’shiqlari bilan qatnashdilar. Maktabning “Gulg’uncha” bolalar badiiy havaskorlik to’garagi a'zolari tomonidan she'r, qo’shiq va raqslar ijro etildi. Sportchi o’quvchilar o’zlarining yo’nalishlari bo’yicha ko’rinishlar namoyish etishdi. 

Mahalladagi uyushmagan yoshlar va umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilari o’rtasida o’zaro “Mahallada futbol”, “Charm to’p”, “Shaxmat va shashka” sport musobaqalari o’tkazildi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.