Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2020-12-01 14:11:09    275

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo’shtepa tumani hokimining tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi. Qabulni tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha birinchi o’rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i B.Tanikulov o’tkazdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayev, tuman hokimi o’rinbosarlari hamda tumandagi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Qabul chog’ida uy-joy, moddiy yordam, bank, bandlik, tadbirkorlik, elektr ta'minoti bilan bog’liq va shu kabi boshqa masalalarga oid 40 dan ziyod murojaatlar ko’rib chiqildi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro’yxatga olinib, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.