Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI TADBIRKORLARNI QABUL QILDI

×

 2020-11-25 12:21:59    126

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov tadbirkorlar bilan ochiq va to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yo’lga qo’yish, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro’yobga chiqarish, muammoli masalalarini hal etish maqsadida “Tadbirkorlar qabuli”ni o’tkazib kelmoqda.

         Shunday qabullardan biri tumandagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasida bo’lib o’tdi. Ushbu qabul tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan duch kelinayotgan muammolar va turli to’siqlarni tezkorlik bilan hal etish hamda ularni qo’llab-quvvatlash  maqsadida tashkil etildi.

         Qabulda 10 nafardan ziyod tadbirkor o’zini qiynayotgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildi.

         Muloqotlar davomida tijorat banklaridan kredit olish, o’z faoliyatini kengaytirish maqsadida qo’shimcha yer ajratish va boshqa bir qator masalalarda muammolar borligi aniqlandi.

Ushbu murojaatlar bo’yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi va barcha murojaatlarning ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.

         Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.