Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 99 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVBATDAGI SESSIYA BO’LIB O’TDI

×

 2020-11-02 15:40:28    274

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari  Qo’shtepa tuman Kengashining oltinchi chaqiriq yigirma beshinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etgan sessiyani tuman hokimi I.Novikov olib bordi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala “Tumanda sog’lom ovqatlanishni tashkil etish va aholiga sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli” yuzasidan tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi I.Madumarovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, Marg’ilon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Akbarov va Fuqarolik ishlari bo’yicha Marg’ilon tumanlararo sudi raisi J.Rasulovlar  2020 yil 9 oyi mobaynida odil sudlovni amalga oshirish borasida, Qo’shtepa tumani bo’yicha olib borilgan faoliyalari yuzasidan axborot berdilar.

Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qo’shtepa tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo’yicha joriy yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida Xalq qabulxonasi mudiri R.Abdullayevning axboroti ham tinglandi.

Sessiya davomida kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama etilib, ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.