Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2020-10-28 09:26:29    202

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yil 26 oktyabr kuni “MA-News Agency” telegram messendjerida “Yangi hokim eski hokimni eslatvoryapti” nomli tanqidiy maqola chop etilgan edi. Ushbu tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

B.Eliboyevning  joriy yil 8 oktyabr kunigi “MA-News Agency” telegram messendjerida chop etilgan “Kadr emas, vijdon yetishmovchiligi bor” nomli tanqidiy maqolasi yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.

Avvalgi rasmiy munosabatimizda sudning 18.09.2019 yildagi qarori bilan Qo’shtepa tuman Ma'muriy sudning 24.07.2019 yildagi hal qiluv qarori o’zgarishsiz qoldirilib, apelatsiya shikoyati qanoatlantirilmaganligini, mazkur sudning hal qiluv qaroridan norozi bo’lgan Farg’ona viloyati fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga 24.09.2019 yilda yo’llagan “Qo’shtepa tumani hokimining 20.01.2019 yildagi 91-sonli va 28.01.2019 yildagi 344-sonli qarorlarini haqiqiy emas deb topish haqida”gi 784-sonli shikoyat arizasi bo’yicha shu kunga qadar munosabat bildirilmaganligini aytib o’tganmiz.

B.Eliboyevning “Yangi hokim eski hokimni eslatvoryapti” nomli tanqidiy maqolasiga kelsak, maqola muallifi: “Sud ishlarini ko’rib chiqqan advokat ishni Oliy Sudga kiritgani haqida xabar keldi. Kutib turibmiz” deb ta'kidlagan.

Darhaqiqat, ushbu muammoga so’nggi nuqtani “yangi hokim” emas, balki sud qo’yadi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.