Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 194 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2020-10-19 21:20:32    111

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov kunlik ish rejasiga ko’ra bugun Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inidagi 1-sektor shtabi “Temir daftari”ga kiritilgan oilalarda bo’ldi. Ularni  ehtiyojmandlar ro’yxatidan chiqarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ushbu mahalladagi 12-umumta'lim maktabidagi o’quv jarayoni hamda kuz-qish mavsumiga ko’rilgan tayyorgarlik bilan ham tanishib, mas'ul xodimlarga ko’mir zahirasini belgilangan muddatda shakillantirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalarini berdi. Shuningdek, hududda maktabgacha ta'lim tashkiloti tashkil etish uchun ajratilishi rejalashtirilgan yer maydonini ham ko’rib, kelgusida amalga oshiraladigan loyixaga o’zining takliflarini bildirdi.

Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan “PIKNO-MED” xususiy klinikasi va u yerdagi dorixonada aholiga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xizmat ko’rsatish sifatini yanada yaxshilash, dori-darmon vositalari narx-navolarini oshirmaslik yuzasidan tuman hokimi tomonidan mas'ul xodimlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi savdo do’konlarida aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligi o’rganilib, narx-navoni asossiz oshirish holatlariga yo’l qo’ymaslik yuzasidan sotuvchilarga tegishli ko’rsatmalar berildi.

Hududdagi muzlatgichlarda saqlanayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari zaxirasini ko’paytirish, ularni saqlash sifatiga e'tibor berish, eksport salohiyatini oshirish hamda aholiga arzon va sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

“Sodiqjon Maxmudov” ko’p tarmoqli chorvachilik fermasi hamda “Mavlonov Alisher” parrandachilik fermasi faoliyati bilan tanishgan 1-sektor rahbari, parvarishlanayotgan qora mol va parrandalar sonini ko’payrish hisobiga yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan o’zining tegishli takliflarini berdi.

Tuman “Texmashservis” mas'uliyati cheklangan jamiyatida xaydov texnikalarini mavsumga sifatli tayyorlash ishlari bilan yaqindan tanishildi va amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.