Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TUMAN YUQUMLI KASALLIKLAR SHIFOXONASI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAXTMI?
2020-10-03 16:23:12 865
Qo’shtepa tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida bugungi kunda “SOVID-19” kasalligiga gumon qilinayotgan va ushbu kasallik bilan og’rigan bemorlar davolanmoqda.
Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari Ilyosbek Novikov hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari birgalikda mazkur shifoxonada bo’lib, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kuz-qish mavsumiga qay darajada tayyor ekanligi bilan yaqindan tanishdilar.
Bugungi kunda shifoxonada elektr energiyasi tarmoqlari, suv va kanalizatsiya tizimlari kuz-qish mavsumiga taxt xolatga keltirilgan. Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shifoxonaning 150 metr kirish qismiga asfalt yotqizildi.
Bemorlarga mo’ljallangan qo’shimcha o’rin-joylar yaratilib, ularning davolanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, sun'iy nafas olish uskunalari 60 donadan 100 taga yetkazilib, qo’shimcha 30 ta kislorod balonlari olib kelindi.
Shuningdek, tuman hokimi koronavirus kasalligini davolash uchun bemorlarga yaratilgan zahira joylarni ham borib ko’rdi. Bundan tashqari tuman xalq ta'limi bo’limiga qarashli 1-2 ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablarining sport zallari xona-xonalarga bo’linib, jami 300 ta o’rin-joy xozirlangan. Har bir xonaga karavot, sanitariya ehtiyoj xonasi, tibbiy jihozlar o’rnatilgan.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati