Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’zbekiston fuqaroligini olish uchun davlat tilini bilish shart etib belgilangan qonun kuchga kirdi
2020-09-17 14:15:27 237
Inson hayotga bir marta keladi, baxtli yashashni istaydi va uning bunga to’la haqqi bor. Xalqimizning huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ezgu sa'y-harakatlaridan ko’zlangan maqsad-muddao ham aslida shu: bugungi kunimiz kechagidan, ertamiz bugungi kunimizdan ko’ra baxtli va farovon bo’lishiga erishish. Ana shunday ulug’ va xayrli maqsadlarimizning ro’yobga chiqishi ko’p omil va mezonlarga bog’liq. Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida”gi Qonun ham ana shu xayrli maqsadlarning bir ko’rinishidir. Qonun 2020 yil 13 mart kuni imzolangan va oradan 6 oy o’tgach kuchga kirishi belgilangan edi.
2020 yil 15 sentyabrdan kuchga kirgan mazkur qonunga yangi “vatandosh” tushunchasi kiritilib, unga ko’ra O’zbekiston hududida tug’ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O’zbekiston fuqaroligiga ega bo’lmagan, O’zbekiston hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan o’zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo’yicha to’g’ri tutashgan o’zidan oldingi qarindoshlari O’zbekiston hududida yashayotgan bo’lsa, ular vatandosh deb yuritilishi belgilandi.
Shuningdek, qonun bilan O’zbekiston fuqaroligiga umumiy tartibda qabul qilishning asosiy shartlaridan biri sifatida ariza topshirgan shaxsning davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilishi ham kiritilgan.
Bundan tashqari qonunda O’zbekiston fuqaroligiga alohida tartibda qabul qilish, fuqarolikni tiklash va tugatish, fuqarolikdan chiqish hamda fuqarolikni yo’qotish asoslari ham belgilab qo’yilgan.
Davlatimiz rahbari hayotimizda adolat yanada mustahkam qaror topishi, har bir ishni xalqimiz bilan bamaslahat amalga oshirilishi, inson huquq va manfaatlarining amalda ta'minlanishiga xizmat qiladigan yangi, zamonaviy tizim ishlab chiqib, uni amaliyotga tatbiq etish bilan mustaqil Vatanimiz tarixida yangi davrga, taraqqiyotning yangi bosqichiga asos solmoqda. Prezidentimizning «Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash - odamiylikning eng oliy mezonidir», degan hayotbaxsh so’zlari bugun Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan mana shunday Qonun va me'yoriy hujjatlarda o’z aksini topmoqda.
Zero, mamlakatimizda yashab fuqaroligi bo’lmagan yoki chet elda yashab O’zbekiston fuqaroligini olmoqchi bo’lgan fuqarolar uchun, malakatimizda fuqarolikka qabul qilish, fuqarolikdan chiqish masalalarini o’z vaqtida qonuniy, samarali ko’rib chiqilishini ta'minlash, fuqarolik masalalarida fuqarolarni o’ylantirayotgan tizimli muammo va masalalarga yechim topishda, mazkur Qonun dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
U.Xolmatov,
tuman hokimining maslahatchisi.