Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Dolzarb masala muhokama qilindi

×

 2020-09-12 23:34:20    118

PDF yuklash
Chop etish


Bugun oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo’shtepa tumani Kengashining o’n to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi I.Novikov raislik qildi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi.

Sessiyada “Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini pandemiya sharoitida faoliyatini bosqichma-bosqich yo’lga qo’yish to’g’risida”gi dolzarb masala ko’rib chiqildi.

- Butun dunyoga yoyilgan koronavirus pandemiyasi ta'lim sohasi oldiga ham yangi muammo va talablarni qo’ymoqda, - deydi tuman hokimi I.Novikov sessiyadagi o’z nutqida. - Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so’ng, 16 martdan boshlab, an'anaviy ta'lim jarayonlari vaqtinchalik to’xtatilgan edi.

Kuni kecha o’tkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining 18-sessiyasida pandemiya davrida maktablar faoliyatini tiklash masalasi atroflicha muhokama etildi va mutasaddi rahbarlarning hisobotlari eshitilib, yakuniy qarorlar qabul qilindi.

Hurmatli sessiya qatnashchilari bugun sizlar bilan tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini faoliyatini tiklash masalasini ko’rib chiqamiz.

Tuman hokimi ushbu masala yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirgach, tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri I.Maxmudovaning axboroti tinglandi.

Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri I.Maxmudovaning axborotidan so’ng, sessiya kun tartibidagi ushbu masala yuzasidan bo’lgan muzokaralarda tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Yusupov, tuman xalq ta'limi bo’limi mudiri O.Dehqonov, tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh shifokori I.Madumarov, tuman Kengashi deputati A.Nabiyev va maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari so’zga chiqdilar.

Barcha so’zga chiquvchilarning fikr va mulohazalari eshitilgandan so’ng, maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatini yo’lga qo’yish bo’yicha yakuniy qaror qabul qilindi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati