Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Sen - qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekiston!»

×

 2020-08-30 14:58:49    155

PDF yuklash
Chop etish


Ona diyorimizning jahon maydonida o’z o’rnini mustahkamlaganiga bu yil 29 yil to’ldi. Yurtimizning qaysi hududiga bormang, vatandoshlarimizning ko’nglida, ko’zida mana shu ulug’ ne'mat - mustaqillikning yorqin shukuhini, bugungi dorilomon kunlarning shukronasini ko’rasiz. Yangi O’zbekistonni bunyod etish yo’lida astoydil mehnat qilayotgan, tunu kun zahmat chekayotgan yurtdoshlarimizning orzu-umidlarini o’zida ifoda etgan eng ulug’, eng aziz bayram - istiqlol shodiyonasining ajib tarovati bugungi murakkab, og’ir sinovli bir davrda ko’zlarga quvonch, yurakka mador bo’layotir.

Yurtimizda pandemiya sharoiti bo’lishiga qaramasdan, insonlar qalbida bayram ko’tarinkiligi, ko’ngil xotirjamligi hukmronlik qilmoqda. Bu yil Vatanimiz Mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi «Sen - qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekiston!» shiori ostida o’tkazilmoqda. O’zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so’z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g’urur, faxr va iftixor bag’ishlaydi.

Shuni alohida ta'kidlab o’tish kerakki, mamlakatimiz va viloyatimiz, xususan, tumanimizda so’nggi yillarda asrlarga tatigulik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu o’zgarishlarning ulug’vorligini his etish uchun uzoqqa bormay, tumanimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarida ko’rib, qalban his etib turibmiz.

Aziz vatandoshlar, qadrli qo’shtepaliklar!

Barchangizni O’zbekiston Davlat mustaqilligining yigirma to’qqiz yilligi bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Vatanimizni, xalqimizni Yaratganning o’zi yomon ko’zlardan asrasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo’lsin!

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati