Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoyasi - ustuvor vazifa
2020-08-21 13:36:40 265
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5415-son Farmoniga asosan, fuqarolarning buzilgan huquqlarini murojaatlar va monitoringlar asosida aniqlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish adliya organlari faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlashda adliya organlari tomonidan bir qator e'tiborga molik ishlar amalga oshirilib, asosiy e'tibor fuqarolarning buzilgan huquqlarini murojaatlar asosida hal qilishga e'tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning o’tgan davri mobaynida tuman adliya bo’limiga fuqarolardan asosan ishga joylashish, ijtimoiy ta'minot masalalarida, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olish hamda, kommunal to’lovlardan asossiz qarzdorliklarga oid va boshqa muammolarni bartaraf etilishida amaliy yordam so’rab jami 101 ta holatda murojaat kelib tushgan.
Tuman adliya bo’limi tomonidan, kelib tushgan murojaatlar vakolat doirasida to’liq va holisona ko’rib chiqilib, birorta ham murojaat rad etilmasdan, ijobiy hal etilishiga erishildi.
S.Maxkamov,
Qo’shtepa tumani adliya bo’limi xodimi.