Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«Temir daftar»ga kiritilgan oilalar tadbirkorlikka jalb etilmoqda

×

 2020-08-20 20:57:12    132

PDF yuklash
Chop etish


Pandemiya sharoitida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, har bir fuqaroni sog’lig’ini asrash, aholi bandligini ta'minlash orqali barqaror daromad manbalarini shakllantirish, arzon va sifatli oziq-ovqat zaxirasini yaratish bugunning muhim masalalaridan hisoblanadi.

Pandemiya sabab yuz berayotgan qiyinchiliklarga qaramay, Qo’shtepa tumanida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, tumanda ehtiyojmand oilalarni qo’llab-quvvatlash borasida ham samarali ishlar olib borilmoqda.

Tuman hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov va sektor rahbarlarining tashabbusi bilan tumanda yana bir hayrli ish boshlandi. Sektor a'zolari mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari bilan hamkorlikda sektor shtabi «temir daftar»iga kiritilgan oilalarga tashrif buyurmoqdalar. Ularning oilaviy sharoitlari bilan yaqindan tanishib, tadbirkorlikka jalb etish orqali kambag’allikdan chiqarish maqsadida targ’ibot tadbirlarini olib bormoqdalar.

Albatta, olib borilayotgan ushbu targ’ibot tadbirlari o’z samarasini beradi. Natijada «temir daftar»ga kiritilgan ehtiyojmand oilalarning bandligi ta'minlandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.