Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko’rsatilmoqda

×

 2020-08-11 20:50:13    280

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz rahbari boshchiligida fuqarolarimizga moddiy ko’mak berish, ularni karantin davrida qo’llab-quvvatlash, fuqarolarimizni salomatligini asrash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Ajratilayotgan pul mablag’lari karantin davrida ishini yo’qotgan va haqiqatdan ham muhtoj, nogironligi bor va kasallikka chalingan bemor fuqarolarimizga tavsiya etilmoqda. Qo’shtepa tumanida ham pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash ishlari doimiy amalga oshirib kelinmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari ishtirokida mahalla fuqarolar yig’inlarida “Temir daftar” ro’yxatiga kiritilgan oilalarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi PF-6038-sonli Farmoniga asosan bir martalik moddiy yordam pullari berildi.

Ushbu Farmonga asosan bugun 1-sektor shtabidagi “Temir daftar” ro’yxatiga kiritilgan Yangi do’kon, Qumtepa, Yo’ldoshobod, Qayrag’och va Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi 105 ta kam ta'minlangan ehtiyojmand oilalarga 100 million 760 ming so’m bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi.

Tumanda ushbu farmon ijrosini ta'minlash yuzasidan keng ko’lamli ishlar davom ettirilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.