Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepada qurilish: Do’rmonda zamonaviy uy-joylar qad rostlamoqda

×

 2020-08-11 10:29:49    308

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepada olib borilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari natijasida tumanning qiyofasi kundan-kunga tanib bo’lmas darajada o’zgarib bormoqda.

Qo’shtepa tumanida namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uylar qurilib, qishloqlar qiyofasi kundan-kunga chiroy ochmoqda. Bunday uylar mamlakatimizda xalq uchun farovon hayot tarzini yaratish, turmush darajasini yuksaltirish maqsadida bunyod etilib, qishloq aholisining keng qatlami ana shunday shinam va arzon uy-joylar bilan ta'minlanmoqda.

Joriy yilda birgina Do’rmon mahalla fuqarolar yig’ini hududida 2,80 gektar yer maydonida 48 dona har biri 0,02 gektardan bo’lgan arzon uy-joylar, yo’l va infratuzilma ob'yektlari qurilmoqda.

Markaziy Farg’ona cho’llarini o’zlashtirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va hududga ishchi kuchi jalb qilish maqsadida qurilishi rejalashtirilgan uy-joylarga qo’shimcha ravishda dehqon xo’jaligi yuritish uchun xar bir uy-joy egasiga 0,02 gektardan jami 0.8 gektar yer maydonlari ham ajratilmoqda.

Ayni kunlarda bu yerdagi qurilish ob'yektida “Kamolxonov Jaxon”, “Sardoba Sarbon servis”, “Muhammadumar Bulding” va “Obidxon Odilxon o’g’li” mas'uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan qurilish ishlari olib borilib, quruvchilar karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan xolda g’ayrat-shijoat bilan ishlamoqdalar.

Bunday zamonaviy uylar qishloq ko’rkiga ko’rk qo’shish va aholi turmush farovonligini yuksaltirish bilan birga, odamlarda davlatimizga va ertangi kunga ishonch tuyg’usini yanada mustahkamlab, aholi farovonligiga xizmat qilmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.