Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
G’O’ZA PARVARISHI AVJIDA
2020-07-22 14:25:23 217
Ayni kunlarda “Nisbatullo Mahkamov yeri” fermer xo’jaligining dalasida ish qizg’in. Bu yil g’alladan mo’l hosil olindi. 30 gektar paxta maydonida baravj o’sayotgan g’o’za argotexnik talablar asosida parvarishlanmoqda. Quyosh taftidan bahramand g’o’zalar ko’zni quvontiradi.
Fermer xo’jaligi rahbarini dalada uchratdik.
- Shu vaqtgacha g’o’zaga uch marta suspenziya bilan ishlov berdik, - deydi fermer xo’jaligi rahbari Nusratullo Mahkamov. - Azotli o’g’itga, sug’orish davrida “sharbat”ga to’yintirilayotgan g’o’za durkun o’sib, mo’l hosil to’playapti. Mavjud texnikadan unumli foydalanib, qator oralariga ishlov berish, chilpish kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarishga harakat qilayapmiz. Ayniqsa, yoz jaziramasida kunduzlari g’o’za ildizini qizdirib, tunda suvga qondirish, suspenziyadan omilkorona foydalanish hosil oshishiga xizmat qiladi.
Darhaqiqat, 40 nafar ishchi mehnat qilayotgan jamoada samaradorlikni va jamoa a'zolari manfaatdorligini oshirishga doimiy e'tibor qaratiladi. Bu yil davlatga 170 tonnadan ziyod don sotilib, shartnoma rejasi oshirib bajarildi.
Mana, jazirama yozning iyul oyi ham poyoniga yetib bormoqda. Avgust - hosil to’plashda muhim palla. Bu paytda dehqonning bilim va tajribasi, omilkorligi yana bir bor sinovdan o’tadi. Buni yaxshi bilgan fermer xo’jaligi a'zolari hosilga hosil qo’shiladigan oyda barcha agrotexnik tadbirlarni tez va sifatli amalga oshirishga harakat qilmoqda. Agrotexnik tadbirlar natijasida har bir tup g’o’zada yetarlicha ko’sak to’planayotir. Ayrim ko’saklar nishona berish arafasida.
Nihollarni belgilangan muddatlarda sug’orish uchun X.Mahkamov, O.Eraliyev, E.Tojiboyev singari tajribali suvchilar jalb etilgan.
Ayni kunlarda chilpish ishlari izchil davom etmoqda. O.Qodirova, X.Mahkamova, Sh.Xamroqulova, D.Mamajonov, A.Xamroqulovlar bu ishda jonbozlik ko’rsatmoqdalar.
Hozir xo’jalik dalasidagi har tup niholda o’rtacha 10-15 ta ko’sak bor. Sharbat usulida tungi sug’orish va begona o’tlardan tozalash ishlari esa davom etmoqda. Ishchilar uchun barcha zarur shart-sharoit yaratib berilgan. Kultivatsiya sifatli bajarilmoqda. Natijada hosil cho’g’i oshmoqda. Fermer xo’jaligi a'zolari joriy yilda har gektar maydondan o’rtacha 45 sentnerdan hosil olishni mo’ljallamoqdalar.
G’o’za zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari ham uyushqoqlik bilan olib borilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday agrotexnik tadbirlar yuksak xirmonga puxta zamin yaratishi shubhasiz.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.