Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Kam ta'minlangan oilalarga amaliy yordam

×

 2020-07-15 11:28:30    203

PDF yuklash
Chop etish


Pandemiya davrida ham tumanimizdagi ko’plab oilalar mo’'jazgina tomorqasidan samarali foydalanib, to’kin turmush kechirayotganligini alohida ta'kidlash kerak. Qo’shtepaliklar yetishtirayotgan kartoshka, piyoz, sabzi, pomidor, bodring, karam, bulg’or qalampiri, sarimsoqpiyoz kabi turli oziq-ovqat mahsulotlari bugungi kunda bozorlarimiz to’kinligi va xalqimiz farovonligini ta'minlash hamda yer egalarining daromadini oshirishga xizmat qilmoqda. 

Tuman hokimi I.Novikov rahbarligida kam ta'minlangan oilalarni tomorqalaridan daromad olishlari uchun bahorgi ekin-tikin ishlarida amaliy yordam berib kelinmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 03/1-3128-sonli yig’ilish bayonida berilgan topshiriqlar 2020 yilda ham uzviy davom ettirilib, tuman mahalliy byudjetining 2020 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan kam ta'minlangan oilalarni tomorqa yerlaridan samarali foydalanishlari hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishlari uchun urug’lik, sabzavot va boshqa ko’chatlar sotib olish xarajatlariga 10,0 millon so’m mablag’ ajratildi.

Tuman hokimining 2020 yil 24 fevraldagi 20-f-sonli farmoyishiga asosan ajratilgan ushbu mablag’ hisobidan tuman moliya bo’limi hamda Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan kam ta'minlangan oilalarga 25,0 ming dona pomidor, 9,2 ming dona achchiq qalampir, 8,0 ming dona bulg’or qalampiri va 7,0 ming dona karam ko’chatlari yetkazib berildi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tuman hokimligi va moliya bo’limi tomonidan kam ta'minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.

I.Akbarov,

tuman moliya bo’limi mudiri.