Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI QARORI

×

 2020-07-08 10:15:28    115

PDF yuklash
Chop etish


2020 yil «19» iyun           №299           Shodlik MFY, Baxmal ko’chasi 5-uy

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi 369-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 13 iyundagi 156-sonli qarorlari to’g’risida

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etish, bu boradagi ishlarga vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini faol jalb etish, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-ma'rifiy, madaniy va ommaviy sport tadbirlarini o’tkazishda sog’lom raqobat muxitini yaratish borasida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 iyundagi 369-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 13 iyundagi 156-sonli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  10 iyundagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 369-sonli hamda viloyat hokimining 2020 yil 13 iyundagi 156-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:

Xarbiy-ma'muriy sektorlarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini baholash bo’yicha tanlov o’tkazishning asosiy maqsadi va vazifalarini, tanlovni tashkil etish va o’tkazish hamda tanlov ishtirokchilarini baholash va g’oliblarni taqdirlash tartibini nazarda tutuvchi Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo’yicha tanlov o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni baholash bo’yicha tashkiliy ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. Tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupovga:

Manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlarni sifatli tashkil etilishi va o’tkazilishi ta'minlash;

tuman hokimligining mutassaddi bo’limlari bilan birgalikda tumandagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risidagi hisobotni hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasigacha (dekabr oyi hisoboti 20 sanasigacha) elektron ko’rinishda elektron raqamli imzosi bilan viloyat hokimligiga taqdim etib borsin.

4. Tuman hokimligi Axborot xizmati Yo.Kosimova tuman “Istiqbol yo’li” gazetasi bilan birgalikda tumanda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining o’rinbosari A.Yusupov zimmasiga yuklatilsin.

 Tuman hokimi                                                  I.Novikov