Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Qo’shtepaliklarning katta xirmoni

×

 2020-07-03 18:23:39    111

PDF yuklash
Chop etish


Dunyo xalqlari uchun o’ta murakkab kelgan bu yilgi pandemiya sharoitiga qaramay, ob-havo injiqliklarini ko’p yillik tajribalar evaziga yenggan tumanimiz g’allakorlari davlat omborlariga 27 ming 508 o’rniga 28,5 ming tonna don topshirdilar.

O’tgan kuzda 8810 gektar maydonga don sochgan g’allakorlarimiz barcha imkoniyatlardan samarali foydalandilar. Ekinlar dehqonlar tomonidan agrotexnika talablari darajasida parvarish qilindi. Sug’orish, oziqlantirish tadbirlariga alohida e'tibor qaratildi.

-  Biror yil yo’qki, tabiat dehqonni sinovdan o’tkazmagan bo’lsa, -  deydi tuman hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Fazliddin O’rinov. - Barcha sinovlarga qaramay dehqonlarimiz fidokorona mehnat qildilar. Shuning natijasida g’alla turli kasalliklardan asrab qolindi. Astoydil mehnat o’z samarasini berdi. Bugun fermerlarimiz 70-80 sentnerdan xirmon ko’tardilar. Xirmonlar donga, dasturxonlarimiz nonga to’ladigan bo’ldi.

Qo’shtepada dehqonchilikning siru, sinoatini egallagan fermerlar ko’p. “Nasibaxon-Habibaxon fayzli yeri”, “Otabek Ravshanov zamini”, “Vahobjon Abdullajon o’g’li”, “Hayotjon Ismoiljon o’g’li”, “Nusratullo Mahkamov”, “Xondamir-Saydullo yeri”, “Saydaliyev Davlatjon fayzli yeri” nomli fermer xo’jaliklari dehqonlari shular jumlasidan. Ular ham har gektar yerdan 70-80 sentnerdan xirmon ko’tarishdi.

G’alaba marrasiga yetib kelishimizda kombaynchilarni, hosilni "Farg’onadon" korxonasining Marg’ilondagi filialiga peshma-pesh tashib turgan yuzdan ortiq haydovchilarning hissalari beqiyos bo’ldi. Bugungi quvonchli kunlarda kuniga 1500-1600 tonna donni nobud qilmay o’rib-yanchib bergan Karimjon Mirzamatov, Sirojiddin Isomiddinov, Muhammadjon Rahimov, Nurillo Abdullayev, A'zamjon Miraabdullayev singari kombaynchilar nomini alohida ehtirom bilan tilga olamiz.

Otryadlarni talabchanlik bilan boshqargan, zarbdor otryadga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga harakat qilgan barcha otryad rahbarlariga, qolaversa g’alla o’rim-yig’imida qatnashgan barcha-barchaga tasannolar aytamiz.

Tumanimiz ahlini, shartnoma rejalarini sharaf bilan bajargan fermer xo’jaliklari a'zolarini katta mehnat g’alabasi bilan muborakbod etamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.