Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yoshlar kuni”ga bag’ishlab sport musobaqalari o’tkazildi

×

 2020-06-29 11:51:11    224

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning iyun oyida poytaxtimizda o’tkazilgan O’zbekiston yoshlar ittifoqining ta'sis qurultoyida 30 iyunni «Yoshlar kuni» deb e'lon qilgan edi.

Shundan buyon har yili 30 iyun mamlakatimizda «Yoshlar kuni» sifatida keng nishonlanib, har bir viloyat, tuman va shaharlarda sport musobaqalari hamda ommaviy tadbirlar o’tkaziladi.

Bu yil pandemiya sababli «Yoshlar kuni»ni o’tkazish bo’yicha alohida dastur ishlab chiqilgan. Unga ko’ra barcha tadbirlar karantin qoidalariga amal qilingan holda o’tkazilishi belgilangan.

Qo’shtepa tumanida 30 iyun - «Yoshlar kuni» munosabati bilan tuman hokimligi tashabbusi ostida, sport bo’limi va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda sportning kichik futbol, stol tennisi, voleybol turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Musobaqani tuman hokimi o’rinbosari A. Yusupov kirish so’zi bilan ochib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi va ularga omad tiladi.

Shundan so’ng sport musobaqalariga start berildi. Karantin qoidalariga qatiy rioya qilgan holda o’tkazilgan musobaqalarda 100 nafardan ziyod yoshlar qatnashdi. Qizg’in va murosasiz kechgan bahslar yakunida g’olib jamoalar tuman hokimligining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati.