Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMAN FAVQULODDA VAZIYATLAR BO’LIMI OGOHLANTIRADI!
2020-06-03 14:29:06 209
ChO’MILISH HUDUDLARIDA DAM OLUVCHILARGA
ESLATMA
Quyoshli, shamolsiz havoda cho’miling, havo harorati +22-25 daraja bo’lishi lozim. Suv harorati +22 darajadan past bo’lsa, cho’milish ma'n etiladi.
Charchagan bo’lsangiz, oftobda ortiqcha qizib ketgan bo’lsangiz, ovqatlanmagan bo’lsangiz, o’zingizni yomon his qilsangiz, spirtli ichimlik iste'mol qilgan bo’lsangiz, cho’milmaganingiz maqul.
Tomir tortishganda: Qo’l barmoqlarida panjalaringizni tezda musht qilib qising, qo’lingizni yon tomonga keskin uloqtirganday harakatlantirib, mushtingizni ochib yuboring.
Boldir va son mushaklari tortishganda ignatugma yoki ninani, tortishib turgan mushakka sanching.
Qati'yan man etiladi: toshli va notanish joylarda sho’ng’ish, suv inshootlari yonida cho’milish, daraxtlardan va yuqori elektr kuchlanish simlari o’tgan tayanchlaridan sho’ng’ish;
-ko’priklar, to’g’onlar, qayiqlar va katerlardan suvga sakrash;
o’tib ketayotgan katerlar va qayiqlar yoniga suzib borish;
-taqiqlangan joylarda cho’milish;
cheklash belgisidan suzib o’tish;
cho’milayotgan bolalarni nazoratsiz qoldirish.
J. JO’RABOYEV,
Qo’shtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’ining o’rinbosari.