Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SINOVNI SAXOVAT BILAN YENGAMIZ

×

 2020-04-28 16:39:02    158

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati ish boshlaganiga bir necha kun bo’ldi. Tadbirkorlarimiz ijtimoiy kam ta'minlangan qatlamni qo’llab-quvvatlab yordam bermoqdalar. Qo’shtepa tumanida sinovli kunlardan mardonavor o’tish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikov bugun 1-sektor hududidagi Yangi do’kon va Qumtepa mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, uyma-uy yurib, xalq bilan muloqot qildi. Mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, karantin munosabati bilan ishsiz qolgan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari bilan yaqindan suhbatda bo’lib, oilaviy sharoitlarini o’rgandi.

Mamlakatimizdagi karantin tufayli korxonalarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmi keskin kamaygan. Karantin tufayli tabiiyki ishsizlar soni ham oshgan. Tuman hokimi suhbat chog’ida ayni damda ishsiz qolgan fuqarolarni ishga joylashtirish masalasi bo’yicha aniq takliflarini berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati