Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“SAXOVAT VA KO’MAK” UMUMXALQ HARAKATI XALQIMIZNI YANADA JIPSLASHTIRADI!

×

 2020-04-27 22:02:18    261

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda sinovli kunlardan mardonavor o’tish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, yurtboshimiz pandemiyaga qarshi kurashish yuzasidan hayotiy tashabbuslar bilan chiqib, davlat va jamiyat imkoniyatlari hamda sa'y-harakatlarini yagona maqsad yo’lida birlashtirdi. “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakatini tashkil etish tashabbusi ham shunday ezgu g’oyalardan bo’ldi.

Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov bugun 1-sektor hududidagi Namuna mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga tashrif buyurdi. Ularning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi. 

Mamlakatimizdagi karantin tufayli korxonalarda ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish hajmi keskin kamaygan. Karantin tufayli tabiiyki ishsizlar soni ham oshgan. Tuman hokimi suhbat chog’ida ayni damda ishsiz qolgan fuqarolarni ishga joylashtirish masalasi bo’yicha aniq takliflarini berdi.

“Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati muborak "Ramazon" oyi kunlaridagi ezgu amallar bilan uyg’unlashib ketishida ham chuqur ma'no bor. Muqaddas oyda muhtojlarga yordam ko’rsatilishi, ehtiyojmandlarni qo’llab-quvvatlanishi ruhiy birdamligimizni oshirdi. Ayni shu tuyg’ular murakkab sinovlarni yengib o’tishda hammamizga qo’shimcha kuch-quvvat beradi, “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati xalqimizni yanada jipslashtiradi.

  Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati