Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

"SAXOVAT VA KO’MAK" UMUMXALQ НARAKATIDA FAOL QATNASHAYLIK!

×

 2020-04-25 11:48:33    236

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 20 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida xalqimizning tarixiy va madaniy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarni inobatga olib, ilgari surgan “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati qo’shtepalik tadbirkor va fermerlar tomonidan qo’llab-quvvatlanmoqda.

Muhtojlarni qo’llab-quvvatlash, ehtiyojmandlarga, keksalarga mehr-oqibat, saxovat ko’rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Bu ezgu fazilatlar millatimizning qon-qoniga singib ketgan. Bugungi sinovli kunlarda ana shu o’lmas qadriyalarimiz ko’z o’ngimizda namoyon bo’lyapti. “Saxovat va ko’mak” umumxalq harakati atrofida xalq jipslashmoqda. Bu xalqimizning birligi hamjihatligining amaldagi namunasi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin tartibi joriy etilgan bugungi kunda ehtiyojmand, kam ta'minlangan oilalarga ko’mak ko’rsatishga imkoni bo’lgan har bir yurtdoshimiz hayrli harakatga qo’shilishga intilyapti.

Qadrli yurtdoshlar! Aziz Qo’shtepaliklar!

Sizlarni ushbu muqaddas oyda, qolaversa pandemiya sharoitida o’zingiz faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga, avvalambor mahalladoshingizga, qo’ni-qo’shningizga zarur bo’lgan kundalik oziq-ovqat masulotlarini yetkazib berish bilan ko’maklashasiz, asosiy iste'mol tovarlariga bo’lgan extiyojini ta'minlab, yuksak insoniy burchingizni chuqur his etib, ularni, albatta otaliqqa olishingizga ishonamiz!

Tumanimizda ham el boshiga ish tushganda, ko’ksini qalqon, borini talqon qilib, ko’pga rizq ulashishga tayyor, olijanob, jasorat ko’rsatishga-da, qodir tadbirkorlar, fermer xo’jaliklari rahbarlari, tashkilot va korxona mutassadilari bu sinovlar qarshisida yelkama-yelka turish ma'suliyatidan o’zini chetga olmaydigan fidoiylarimiz ko’p deb ishonamiz.

Sizlar o’z imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, ishsiz, kam ta'minlangan oila a'zolarini, fuqarolarni foydali ishlarga jalb qilish bilan ularga amaliy yordam ko’rsating!

Ularga moddiy va ma'naviy ko’mak bering!

Shu munosabat bilan Aksiyadorlik tijorat xalq banki Qo’shtepa tuman filiali “Mahalla” xayriya jaomat fondi Qo’shtepa bo’linmasi xuzuridagi “Saxovat va ko’mak” jamg’armasiga milliy valyuta va AQSh dollarida maxsus hisob raqami ochilganini ma'lum qilamiz.

Hisob raqami: 20212000804098655003 milliy valyuta so’m

Hisob raqami: 20212000804098655001 AQSh dollari

MFO: 00803

INN: 202840056

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati