Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YERGA MEHR BERGAN KAM BO‘LMAYDI
2020-04-22 10:28:28 274
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 8 aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai bo’lgan tomorqachilikni rivojlantirishga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan vazifalar yuzasidan Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov boshchiligida barcha mahalla fuqarolar yig’inlarida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi 51 ta mahalla fuqarolar yig’inida tomorqasi mavjud 35774 ta xonadon bo’lib, aholi tomorqalaridagi umumiy ekin ekiladigan yer maydoni 1698 gektarni tashkil etadi.
Tomorqa yer maydonlarining 1698 gektariga ertaki ekinlar ekish rejalashtirilgan bo’lib, 1184 gektar sabzavot, 272 gektar ertaki kartoshka, 35 gektar poliz, 97 gektar dukkakli va 36 gektar moyli ekin ekilmoqda. Bugungi kunda aholining 1697 gektar tomorqa yer maydonlarida ekin ekish ishlari yakuniga yetkazildi.
Qo’shtepa tumanidagi ko’pgina xonadonlarda tomorqadan 3 marotabagacha hosil olinmoqda. Chunki ular tomorqa katta daromad manbai ekanligini bilishadi. Mahallalarda tomorqa orqali oilasi, qolaversa boshqalarni ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlayotgan xonadonlar ko’pchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, hozirgi karantin tadbirlari e'lon qilingan davrda uyda bekor o’tirmasdan, tomorqa yerlaridan samarali foydalanib, poliz-sabzavot ekinlarini ekish ishlari bilan shug’ullanmoqdalar.
Tuman hokimi o’rinbosari - mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z. Kamilov mahalla fuqarolar yig’inlarida bo’lib, aholini tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tibor qaratmoqda. Tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.
Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin kunlarida aholi salomatligini saqlash, belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta'minlash hamda oziq-ovqata bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish maqsadida oziq-ovqat do’konlari kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati