Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BUGUN TOMORQA ASOSIY DAROMAD MANBAIGA AYLANMOQDA
2020-04-21 10:34:36 221
Joriy yilning 14 aprel kuni bo’lib o’tgan videoselektorda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu yilgi murakkab vaziyatni hisobga olib, barcha tomorqalarda 2-3 marotaba ekin ekish va qo’shimcha hosil olish birinchi darajali vazifa bo’lishi kerakligini ta'kidladilar.
Shuningdek, davlatimiz rahbari xonadonlarda ixcham issiqxonalar qurish masalasiga to’xtalib, har bir sektor hududida kamida 100 tadan xonadonda 1-1,5 sotixli issiqxonalar tashkil etishga ko’rsatma berdi.
Ayni kunlarda Qo’shtepa tumani hokimi Ilyosbek Novikov boshchiligida hamda sektor rahbarlari, barcha mas'ullar, deputatlar, mahalla faollari va jamoat tashkilotlari birgalikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbusni amalga oshirishga kirishdilar.
- Bugungi og’ir va murakkab sharoitda Muhtaram Prezidentimiz mazkur dahshatli ofatni oldini olish hamda ushbu sharoitdan talofatsiz olib chiqish va barcha sohada mahsulot yetishtirishni barqarorligini ta'minlash yuzasidan qator Farmon va qarorlarni qabul qilayotganligi ertangi yorug’ kunlarga xalqimizni umid va ishonchini mustahkamlamoqda - deydi tuman hokimi Ilyosbek Novikov. - Shuningdek, bu ishlarni amalga oshirish barchamizga katta mas'uliyat yuklaydi. Shuning uchun tumanimizda oziq-ovqat xavfsizligini kafolatli ta'minlash hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini 2 barobarga oshirishni maqsad qilib oldik.
Tumanda ertangi sabzavot ekinlari ekiladigan 918 gektar ochiq maydonlarga, 545 gektar bog’-tok qator oralariga, 2765 gektar aholi tomorqalariga va 114 gektar paxta maydonlari uvot chetlariga hamda yil davomida oborotdan chiqqan 80 gektar yer maydonlarini foydalanishga qaytarish va 216 gektar yaylov yerlarga kam xarajat hisobiga suv chiqarib, o’zlashtirish natijasida jami 4342 gektar maydonlarga tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.
Bu yilgi sharoitda faqatgina har bir qarich yerdan samarali foydalanish, mavjud rezervlarni ishga solib mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish uchun ham katta imkoniyatlar yaratiladi.
Meva-sabzavotchilik yo’nalishidagi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ikki barobarga oshirish uchun belgilagan tizim asosida ishlar tashkil etilgan.
Urug’liklar, mineral o’g’itlar, kimyoviy preparatlar fermer-dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan “Tomorqa xizmati” tomonidan “Ko’chma do’konlar” orqali uzluksiz yetkazib berilishi yo’lga qo’yilgan.
Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2020 yilda 13.1 ming tonna meva, 22.1 ming tonna uzum, 25.6 ming tonna kartoshka, 5.5 ming tonna piyoz, 53.5 ming tonna sabzi, 53.4 ming tonna boshqa sabzavot, 14.4 ming tonna poliz, 2.9 ming tonna guruch, 3.1 ming tonna dukkakli mahsulotlar, 71.5 ming tonna bug’doy, 8.1 ming tonna go’sht, 70 ming tonna sut, 148 tonna baliq, 80.4 mln. dona tuxum ishlab chiqarish maqsad qilib olingan. Mazkur mahsulotlarning barchasi tuman aholisi talabidan bir-necha barobarga ko’p yetishtirish hisob-kitobi qilingan.
“Koronavirus” pandemiyasi natijasida yuzaga kelishi kutilayotgan inqirozning salbiy ta'sirini oldini olish maqsadida tumandagi klaster va fermer xo’jaliklari hosildorlikni paxtadan 10 sentnerga, g’alladan 20 sentnerga oshirish tashabbusi bilan chiqdilar.
Xalqimiz xonadoni uchun bir parcha yer azaldan qadrli bo’lgan. Chunki u nafaqat oila daromadiga daromad qo’shadi, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham muhim omil hisoblanadi.
Bugungi pandemiya davrida barchamizdan uydan chiqmaslik talab etilsada, tomorqamizda mehnat qilishdan mahrum qilolmaydi. Zero, tomorqamizni qarovsiz qoldirish, avvalo, yurtga va yerga xiyonatdir. Har bir qarich unumdor yerni qadriga yetsak, dasturxonimiz to’kinligini hamda bozorlarimizda arzonchilikni ta'minlashga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati