Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
G’ALABA MUBORAK!
2020-04-16 16:32:31 237
“Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya”. Darhaqiqat, inson ilm tufayli qalb pokligiga, ruh salomatligiga, xalq e'tibori va yuksak darajaga erishadi.
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyatli etib tarbiyalash borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Buning yorqin misoli sifatida besh muhim tashabbusni keltirishimiz mumkin.
Xalqimiz og’ir sinovli kunlarni boshidan kechirayotgan ayni damlarda Vatan kelajagi-yosh avlod ta'lim-tarbiyasi e'tibordan chetda qolayotgani yo’q. Davlatimiz va butun dunyoda davom etayotgan pandemik vaziyatda o’quvchi-talabalarning ta'til davridagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev joriy yilning 3 aprel kuni o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida murojaat qilib, «Aziz farzandlarim, uyda vaqtingizni bekor o’tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o’zlashtiring. Kitob o’qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang» deb ta'kidladilar. Ushbu murojaatni qo’llab-quvvatlagan holda karantin davrida yoshlar va ularning ota-onalari bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, oilalarda kitobxonlik muhitini uyg’otish, kelajak avlodni mumtoz adabiyot vakillari ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ona tiliga bo’lgan muhabbatni yanada kuchaytirish maqsadida 2020 yil 8 aprel kuni viloyat hokimining 119-sonli farmoyishi va mazkur farmoyish ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yil 13 aprel kuni Qo’shtepa tumani hokimining 56-F farmoyishi e'lon qilindi.
Ushbu farmoyish Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limiga qarashli
1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktab-internati 11-sinf o’quvchisi Arofatxon Rahimova uchun ham ayni muddao bo’ldi. Kelajakda yetuk filolog-pedagog bo’lishni orzu qilgan Arofatxon
«Ona tili-millat g’ururi» nomli onlayn insholar tanlovining faol ishtirokchisiga aylandi. Yillar davomida ilm-ma'rifatga bo’lgan qiziqishi hamda ustozlari M. Sodiqova, N. Bakirjonovlarning beqiyos mehnatlari tufayli, Arofatxon Rahimova tuman miqyosida o’tkazilgan tanlovda 183 nafar ishtirokchi orasida 1-o’rinni egallab, viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo’lga kiritdi. Viloyat bosqichida esa faxrli 3-o’rin sohibasiga aylandi. Bu nafaqat o’quvchi uchun, balki uning ota-onasi, ustozlari, 1-IDUMI pedagogik jamoasi, shuningdek, tuman Xalq ta'limi bo’limi xodimlari uchun ham juda quvonarli holdir. Albatta, yutuqlar o’z-o’zidan qo’lga kiritilmaydi. Yuksak cho’qqilarni zabt etish uchun kishidan sabr, tirishqoqlik, intiluvchanlik va fidoyi ustozlarning ko’magi talab etiladi.
Arofatxon Rahimova 2013 yilda tumandagi mazkur bilim maskaniga qabul qilingan bo’lsa, shu yildanoq o’z aql-idroki va iqtidorini namoyon eta boshladi. U ona tili va adabiyot fanidan bilimlar bellashuvi, fan olimpiadasi hamda turli insho tanlovlarida muntazam qatnashib kelgan.
Dengiz ham tomchilardan iborat bo’lganidek, erishilayotgan har bir yutuq kelajak uchun muhim qadam hisoblanadi. Arofatxonning orzularini amalga oshishiga tilakdosh bo’lgan holda, O’zbekiston kelajagi ishonchli qo’llarda ekanligiga yana bir bora amin bo’lamiz.
O. Dehqonov,
Qo’shtepa tumani Xalq ta'limi bo’limi mudiri.