Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMI SOY BO’YI MAHALLASIDA BO’LDI

×

 2020-04-16 14:33:16    271

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin kunlarida aholi salomatligini saqlash, belgilangan qoidalarga rioya etilishini ta'minlash hamda oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy niqob va antiseptik vositalarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish maqsadida tuman hokimi I. Novikov 1-sektor hududidagi Soy bo’yi mahalla fuqarolar yig’inida bo’ldi. Oziq-ovqat do’konlari kundalik zarur mahsulotlar bilan ta'minlanganligi va narx-navoni sun'iy oshirmaslik yuzasidan savdo shaxobchalari rahbarlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, aholini tomorqa yer maydonlaridan qanday foydalanayotganiga alohida e'tib qaratdi. Xonadonida issiqxona barpo etgan hamda tomorqasiga turli qishloq xo’jaligi ekinlarini ekib daromad olishga harakat qilayotgan mehnatkash insonlarning karantin davridagi faoliyatlari bilan yaqindan tanishib, o’zining takliflarini berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati