Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR BANDLIGI TA'MINLANMOQDA

×

 2020-04-16 10:29:33    284

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar bandligini ta'minlash, uyushmagan yoshlar hamda kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining o’zlari tanlagan sohada faoliyat boshlashlariga ko’maklashish bugungi kunimizning dolzarb muammolaridan biri bo’lib turibdi. Xo’sh, karantin davrida Qo’shtepa tumanida yoshlar bandligini ta'minlash ishlari qanday ketmoqda?

  ("Har bir yoshga bir gektar" loyihasidan arxivdan olingan surat)

  COVID-19 pandemiyasi sabab ishsiz qolgan,  karantin tufayli ish faoliyati to’xtatilgan ayrim yo’nalishdagi korxonalarda ishlab vaqtincha ishsiz qolgan yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida Qo’shtepa tumani hokimligi, Aholi bandlikka ko’maklashish markazi tuman bo’limi hamda tuman Sanitariya epidemioligiya osoyishtalik markazi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlar haq to’lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb etilmoqda.

Qo’shtepa tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari  Akmaljon Yusupovning so’zlariga ko’ra, hozirgi sinovli kunlarda tuman miqyosida o’zlashtirilmagan bo’sh yerlarni o’zlashtirish, bog’ qator oralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish orqali yoshlar bandligini ta'minlash, tuzilgan manzilli dastur ijrosini ta'minlash bo’yicha talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunga qadar tuman hokimligi, Aholi bandligini ta'minlash markazi tuman bo’limi, Sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik tuman bo’limi hamkorligida 100 nafardan ziyod ishsiz yoshlarimiz haq to’lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb etilib, ularning bandligi ta'minlandi.

- Yoshlarimiz ish o’rinlariga ega bo’lsalar va ishlasalar tumanimiz iqtisodiyoti yuksaladi. Ish bilan ta'minlangan har bir yoshning dasturxoniga qut-baraka qo’nadi. Shuning uchun tumanimiz hokimi I. Novikov boshchiligida ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash masalasi har doim, har qanday sharoitda ham eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo’lib qoladi, - deydi Akmaljon Yusupov.

Qo’shtepa tumanida hozirgi kunda, yoshlarni hayotda o’z o’rnilarini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kasbga yo’naltirish va bandligini ta'minlash, tashabbuslarini rag’batlantirish borasidagi ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati