Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
YARATILGAN QULAYLIKDAN BARCHA MAMNUN
2020-04-10 14:58:09 205
Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi va sektor rahbarlari hamkorligida fuqarolarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Karantin sharoitida ularning bozorma-bozor yurishlariga endi hojat qolmadi. Chunki, tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida tashkil etilgan ko’chma savdo do’konlari har kuni mahallalarda bo’lib, aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib bermoqdalar.
Bunday ko’chma do’konlar tumanimiz fuqarolariga faqatgina qulaylik yaratib qolmay, balki turli hil oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilishlariga ham imkon yaratmoqda.
Ma'lumot uchun: tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida tashkil etilgan kunlik oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi yarmarkasi ham har kuni o’z faoliyatini olib bormoqda.
Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati