Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YARATILGAN QULAYLIKDAN BARCHA MAMNUN

×

 2020-04-10 14:58:09    113

PDF yuklash
Chop etish


Qo’shtepa tumani hokimi I. Novikovning tashabbusi va sektor rahbarlari hamkorligida fuqarolarimizga yana bir qulaylik yaratildi. Karantin sharoitida ularning bozorma-bozor yurishlariga endi hojat qolmadi. Chunki, tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida tashkil etilgan ko’chma savdo do’konlari har kuni mahallalarda bo’lib, aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetkazib bermoqdalar.

Bunday ko’chma do’konlar tumanimiz fuqarolariga faqatgina qulaylik yaratib qolmay, balki turli hil oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilishlariga ham imkon yaratmoqda.

Ma'lumot uchun: tuman “Dehqon bozori” MCHJ qoshida tashkil etilgan kunlik oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi yarmarkasi  ham har kuni o’z faoliyatini olib bormoqda.

Qo’shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati