Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI BAYONOTI

×

 2020-04-08 14:59:33    166

PDF yuklash
Chop etish


Respublika miqyosida karantin tartibiga rioya etish uchun barcha aholiga uyda qolish tavsiyasi berilganidan so’ng, Eshonguzar xo’jalik hisobidagi reablitatsiya bo’limiga murojaat etayotgan bemorlar sonining kamayishi kuzatildi. Bu holat esa, kunlik tushum mablag’larining kamayishiga olib keldi. Shuni ta'kidlash kerakki, reablitatsiya bo’limida ishlovchi xodimlarning oylik ish haqi davolangan bemorlar to’lagan mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Karantin tufayli jamoat transportlari qatnovi to’xtatilganligi sababli xodimlarning kunlik xarajatlari, to’lanadigan ish haqiga mos kelmay qoldi. Yuqoridagi holatlar inobatga olinib, Eshonguzar reablitatsiya bo’limi faoliyatini vaqtincha to’xtatish va ishlovchi xodimlarning rozilik arizalariga asosan, o’z hisobidan ta'tilga chiqishlariga ruxsat berilgan.

Tibbiyot birlashmasining 28.03.2020 yildagi № 86 sonli buyrug’iga asosan, yuqumli kasalliklar bo’limiga karantinga olingan fuqarolar yotqizilib, kuchaytirilgan tartibdagi ish rejimiga o’tkazilgach, Eshonguzar reablitatsiya bo’limi o’rniga o’ta xavfli bo’lmagan bemorlar uchun yuqumli kasalliklar bo’limi tashkillanib, faoliyati yo’lga qo’yildi.

Shikoyatda: “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Eshonguzar mahallasidagi reabilitatsiya shifoxonasi xodimlari ish haqi saqlanmagan holda ta'tilga chiqarildi. Shifoxonamiz binosi esa vaqtincha tuman yuqumli kasalliklar bo’limiga olib berildi. Xo’sh, tirikchiliksiz qolgan shifokor va hamshiralarni kim ish bilan ta'minlaydi? Kun kechirishimiz uchun zarur mablag’ni kim beradi? Axir, prezidentimiz koronavirus pandemiyasi xavf solayotgan paytda hyech kim ishsiz va mablag’siz qolmasligi kerak demoqda-ku! Hokimiyat, prokuratura, kasaba uyushmasi va sog’liqni saqlash vazirligi ushbu holatni nazoratga olsin” deb murojaat qilingan.

Ushbu murojaatga aniqlik kiritish maqsadida Eshonguzar reablitatsiya bo’limida ishlovchi barcha xodimlar bilan suhbat o’tkazilganida, ularni bu shikoyatga hyech qanday aloqasi yo’qligi hamda roziliklari bilan o’z hisoblaridan ta'tilga chiqqanliklarini ma'lum qilishdi.

Ayni kunlarda tibbiyot birlashmasida koronavirus infeksiyasini tarqalib ketishini oldini olish maqsadida kuchaytirilgan rejimda ish olib borilmoqda. Mamlakatimizda yoshu-qari yashash uylarida jonajon yurtimizga kelgan ofat - koronavirusni tezroq daf bo’lishini so’rab duo qilib turgan bir paytda, u yerda ishlayotgan xodimlar fikrini bilmasdan turib ayb qidirish, xalq tili bilan aytganda, “tirnoq ostidan kir izlash”ga kirmaydimi?

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati