Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“TIL MILLAT KO’ZGUSIDIR”
2020-03-30 16:42:37 255
Buyuk ajdodimiz Behbudiy hazratlari “Til millat ko’zgusidir” degan edilar. Shuni ta'kidlash kerakki, o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim qadamlaridan biri bo’lgan edi va bu jamiyatimizda ma'naviy-axloqiy asoslar va ijtimoiy-insoniy qadriyatlar qayta bunyod bo’layotgan bir paytda yaqin o’tmishimizning g’oyatda o’ziga xos madaniy-ma'rifiy tajribalariga keng nazar tashlash, ularni har tomonlama o’rganish kelajak avlodlarning xato qilmay yashashlari uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramay hozirgi kunda O’zbek tili qoidalarini buzib ishlatilayotganini ko’p uchratishimiz mumkin. Shunday ekan, tilimizni to’g’ri ishlatish va uni boyitib borish har birimizning oliy burchimiz ekanligini his qilgan holda, uni avaylab asrashimiz va unga hurmat bilan qarashimiz darkor.
Albatta, o’tgan yillarda “Davlat tili to’g’risida”gi qonun jamiyat hayotini tubdan o’zgartirdi. Biroq, haligacha til va uni ishlatishda qator muammolarimiz bor. Tuman hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi U. Xolmatov tomonidan, tumandagi Soxibkor, O’rta o’qchi hamda Qumtepa MFY hududlaridagi tadbirkorlik sub'yektlarida, Davlat tiliga amal qilish bilan bog’liq muammolarni aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan monitoring o’tkazildi. O’rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining peshlavhalaridagi yozuvlar “Davlat tili to’g’risida”gi qonun talablariga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan MFY raislari hamda tadbirkorlarga tushuntirish berildi va mazkur kamchiliklarni tuzatish uchun muhlat belgilandi.
Soxibkor MFY hududidagi savdo do’koni
O’rta o’qchi MFY hududidagi savdo do’koni
Qumtepa MFY hududidagi savdo do’koni
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati