Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“TIL MILLAT KO’ZGUSIDIR”

×

 2020-03-30 16:42:37    165

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk ajdodimiz Behbudiy hazratlari “Til millat ko’zgusidir” degan edilar. Shuni ta'kidlash kerakki, o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo’lidagi muhim qadamlaridan biri bo’lgan edi va bu jamiyatimizda ma'naviy-axloqiy asoslar va ijtimoiy-insoniy qadriyatlar qayta bunyod bo’layotgan bir paytda yaqin o’tmishimizning g’oyatda o’ziga xos madaniy-ma'rifiy tajribalariga keng nazar tashlash, ularni har tomonlama o’rganish kelajak avlodlarning xato qilmay yashashlari uchun imkoniyat yaratdi. Shunga qaramay hozirgi kunda O’zbek tili qoidalarini buzib ishlatilayotganini ko’p uchratishimiz mumkin. Shunday ekan, tilimizni to’g’ri ishlatish va uni boyitib borish har birimizning oliy burchimiz ekanligini his qilgan holda, uni avaylab asrashimiz va unga hurmat bilan qarashimiz darkor.

Albatta, o’tgan yillarda “Davlat tili to’g’risida”gi qonun jamiyat hayotini tubdan o’zgartirdi. Biroq, haligacha til va uni ishlatishda qator muammolarimiz bor. Tuman hokimining davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari  bo’yicha maslahatchisi U. Xolmatov tomonidan, tumandagi  Soxibkor, O’rta o’qchi hamda Qumtepa MFY hududlaridagi tadbirkorlik sub'yektlarida,  Davlat tiliga amal qilish bilan bog’liq muammolarni aniqlash va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan monitoring o’tkazildi. O’rganish davomida tadbirkorlik subyektlarining peshlavhalaridagi yozuvlar “Davlat tili to’g’risida”gi qonun talablariga javob bermasligi aniqlandi. Ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan MFY raislari hamda tadbirkorlarga tushuntirish berildi va mazkur kamchiliklarni tuzatish uchun muhlat belgilandi.


Soxibkor MFY hududidagi savdo do’koni


O’rta o’qchi MFY hududidagi savdo do’koni


Qumtepa MFY hududidagi savdo do’koni

Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati