Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 45 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TO‘RTINCHI SEKTOR RAHBARI YOSHLAR BILAN

×

 2020-02-28 15:37:35    142

PDF yuklash
Chop etish


4-sektor rahbari, Qo‘shtepa tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sirojiddin Abdirasulov sektor hududidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarini bitiruvchi yoshlar bilan birgalikda tumandagi Davlat idoralariga sayohat uyushtirdi. Bundan maqsad, yoshlarga kelajakda o‘zlari sevgan kasblarini tanlashda ko‘maklashish hamda davlat idoralari tomonidan ko‘rsatib kelinayotgan xizmatlar bo‘yicha yetarli bilim va tushunchalar berish edi.

Mazkur sayohat eng avvalo Sirojiddin Abdirasulov rahbarlik qilib kelayotgan tuman Davlat soliq inspeksiyasidan boshlandi. Sirojiddin Abdirasulov o‘quvchilarni kutib olib, soliq nima, soliqlarning qanday undirilishi va ularning sarflanishi, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatib kelinayotgan  interaktiv xizmatlar orqali yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

Bundan tashqari o‘quvchilar sayohatlari davomida Agrobank Qo‘shtepa tuman filialida bo‘lishib, banklarning bugungi kundagi xizmatlari, omonatlar, valyuta mablag‘lari, shuningdek hisob raqamlardagi pul mablag‘larini ko‘chirish, elektron bank interaktiv xizmatlari tizimidan foydalanish tartiblari haqida ma'lumot oldilar.

Qo‘shtepa tuman Davlat xizmatlari markazida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni bilan tanishdilar. Markaz direktori hamda mutaxassislar ularga davlat xizmatlari, markaz faoliyati haqida batafsil ma'lumot berdi.

Fuqarolarga yaratilgan sharoitlar va yangi qo‘shilgan xizmatlar to‘g‘risida tushunchalar olishdi, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi va markaz xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Ichki ishlar bo‘limida esa bu tizimning ish faoliyati haqida tushunchalar berildi.

Yoshlar tuman Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash tamoyillari bilan tanishdilar.  

Uchrashuv davomida mutasaddi idoralarning rahbarlari yoshlar bilan o‘zlarining ish jarayonidagi tajribalari haqida o‘rtoqlashdilar.  Sayyor uchrashuvda ishtrok etgan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javob oldilar va ushbu sayohatlaridan mamnun bo‘ldilar.

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati