Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga MUNOSABAT
2020-02-28 09:17:21 189
Joriy yilning 27 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Ikki bolaning onasi: MIB uyimizni yashirincha kimoshdiga qo‘yib yuboribdi” sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.
Ushbu xabarda: - “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Archazor ko‘chasi 205-uyda yashayman. Ikki farzandim bor, yaqin kunlarda nasib etsa uchinchi farzandimni ham dunyoga keltiraman.
Tuman MTM binosining bir qismida ko‘p yillardan beri yashab, tadbirkorlik qilib kelamiz. Joyni xususiylashtirish uchun necha yillardan beri harakat qilib kelaman. Yaqinda esa MIB xodimlari ushbu joyni bizdan yashirincha kimoshdiga qo‘yib yuborishibdi. Sud esa uyimizni buzish haqida qaror chiqardi. 6 yildan beri ushbu hududda qurt boqamiz. Ammo mahalla raisi ham haqiqatdan tonib, “bu yerda yashamaydi” deya ma'lumotnoma beribdi.
Turli idoralarga arz qildim, bir necha marta Toshkentga ham borib keldim. Farzandlarim bilan ko‘chada qolmoqdaman. Mutasaddi idoralar biz kabi himoyasizlarni himoya qiladi degan umiddamiz” - deya shikoyat qilingan.
Aniqlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan shikoyatni ismi-sharifi ko‘rsatilmagan fuqaroning nomidan Qo‘shtepa tumani, Balandmasjid mahalla fuqarolar yig‘ini, Ziyo ko‘chasi, 4-uyda yashovchi onasi Jo‘raboyeva Xaqiqat Mashrabovna yuborgan.
Fuqaro X. Jo‘raboyeva o‘zi yuqorida ta'kidlaganidek, anchadan buyon ushbu mauammo bo‘yicha turli idoralarga arz qilib kelmoqda. Uning shikoyat arizalari Qo‘shtepa tumani hokimligining tegishli mutaxassislari hamda shu sohaga daxldor xodimlar tomonidan o‘rganib chiqilgan va tegishli javob xatlari berilgan.
Murojaatda ko‘rsatilgan ob'yektga “Yermulkkadastr” DK Qo‘shtepa tuman filiali tomonidan “G‘ishtmon-Chimkent mas'uliyati cheklangan muqobil mashina traktor parki” nomiga kadastr hujjati tayyorlab berilgan bo‘lib, ushbu ob'yektga soliq va boshqa majburiy qarzdorliklari sababli Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tumani bo‘limi tomonidan “Qo‘shimcha ko‘rsatma berilguniga qadar to‘xtatib turish to‘g‘risida”gi xatiga binoan “ta'qiq” qo‘llanilgan.
Fuqaro Jo‘raboyeva Xaqiqat Mashrabovna “G‘ishtmon-Chimkent mas'uliyati cheklangan muqobil mashina traktor parki” bino-inshootlarini soliq va boshqa majburiy qarzdorliklariga asosan Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan ta'qiqqa olinganini bila turib, me'yor va talablarni buzgan holda, o‘zboshimchalik bilan hech qanday asoslarsiz egallab olgan. Fuqaro X. Jo‘raboyevaga bu qilgan ishlari qonunga xilof ekanligi tuman hokimligi mutaxassislari va Yermulkkadastr DK xodimlari tomonidan bir necha marotaba tushuntirilgan bo‘lsada, shikoyatchi ushbu ogohlantirishlarni e'tiborsiz qoldirgan.
“G‘ishtmon-Chimkent” MMTPning bino-inshootlari soliqdan bo‘lgan qarzdorligini qoplash uchun Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasi orqali sotuvga qo‘yilib, ushbu ko‘chmas mulk auksion savdosida tadbirkorlar tomonidan sotib olingan. Bugungi kunda tadbirkorga ushbu bino-inshootda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va ishsiz yurgan yoshlarni ish bilan ta'minlash kabi ishlariga fuqaro Jo‘raboyeva Xaqiqat Mashrabovna tomonidan to‘sqinlik qilinmoqda.
Qo‘shtepa tumani hokimligi Axborot xizmati