Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI O‘TKAZILDI

×

 2020-02-26 08:59:08    213

PDF yuklash
Chop etish


“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugungi kunda hayotimizning ajralmas bo‘g‘iniga aylangan ushbu tamoyil xalqimizning jamiyatga, davlatga ishonchini mustahkamlash, tom ma'noda hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qilmoqda.      Tuman hokimi I. Novikovning navbatdagi qabuli ham aynan shu maqsadda tashkil etildi. Ushbu qabul tuman Xalq qabulxonasida o‘tkazilib, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar qatnashdi.

Qabulda fuqarolar asosan, yangi cheklardagi ko‘chalarni shag‘allashtirish va elektr tayanch ustuni o‘rnatish, farzandlarini MTMga joylash, dehqonchilik uchun yer olish singari turli masalalarda murojaat qildilar. Ushbu murojaatlarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, atroflicha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.       

Qoshtepa tumani hokimligi Axborot xizmati