Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

×

 2020-01-11 11:04:55    177

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari huzurida Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qo‘shtepa tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi huzurida Tadbirkorlar kengashi faoliyati tashkil etildi.

Tadbirkorlar jamoat kengashlari nizom asosida o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradi. Tadbirkorlar kengashining asosiy vazifalari kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va vakolatli organlarga taqdim etish, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish va boshqalardan iboratdir.

Qo‘shtepa tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyorjon Taniqulov raisligida Tadbirkorlar jamoatchilik kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.


Yig‘ilishda tumandagi Tadbirkorlar jamoatchilik kengashi raisi Ibrohimjon Sultonov tashkil etilgan ushbu Kengash tomonidan amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, shu jumladan, tumandagi Tadbirkorlarni erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarga chiqqan holda jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish hamda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish haqida gapirib o‘tdi.

Shuningdek, Kengash aʼzolarini faoliyat davomida jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi, fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymasligi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda tegishli qonuniy talablarga qatʼiy rioya qilish zarurligini taʼkidlandi.

Qo‘shtepa tumani hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sektorlar rahbarlari bilan hamkorlikda ishlash jarayonini yanada chuqurlashtirish, tumanning chekka hududlardagi va markazdagi tadbirkorlar bilan uchrashish, fuqarolarni tadbirkorlik qilishga jalb etish, doimiy tizimli muammolarni o‘rganish va ularning hal etilishi bo‘yicha o‘rinli takliflarni berib borish zarurligi alohida eʼtirof etildi.


Tadbirkorlarning jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan tadbirkorlik sohasiga oid yangi qonun va qarorlarni o‘rganib, tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tadbirkorlarga tushuntirish berish orqali tadbirkorlarning huquqiy madaniyati va ko‘nikmasini shakllantirishga ahamiyat berilishi zarurligi taʼkidlab o‘tildi.


Qo‘shtepa tumani bosh vazir qabulxonasi axborot xizmati